2-bob. Bola huquqlarining asosiy kafolatlari
7-modda. Bola huquqlarining qonuniy kafolatlari
Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, uşbu Qonun va boşqa qonunçilik hujjatlariga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegişli böladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi.
Nikohda va nikohsiz tuğilgan bolalar teng hamda har taraflama himoyadan foydalanadi.
Davlat bolaning barça şakllardagi kamsitişlardan himoya qilinişini ta’minlaş uçun zarur çoralarni köradi.
Bola huquqlari çeklanişi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
8-modda. Bolaning yaşaş huquqi kafolatlari
Yaşaş huquqi har bir bolaning uzviy huquqidir. Bola hayotiga suiqasd qiliş eng oğir jinoyatdir.
Davlat soğlom bolaning tuğilişi va rivojlanişini ta’minlaş uçun şaroit yaratadi.
9-modda. Bolaning individuallikka va uni saqlab qolişga bölgan huquqi kafolatlari
Har bir bola tuğilgan paytdan e’tiboran familiya, ism, ota ismi oliş, millati va fuqaroligiga ega böliş huquqiga, şuningdek ularni saqlab qoliş huquqiga ega.
10-modda. Bolaning erkinlik va şaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlari
Har bir bola erkinlik, şaxsiy daxlsizlik, turar joyi daxlsizligi va xat-xabarlarini sir tutiş huquqiga ega.
Har bir bola öz şa’ni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan, şaxsiy hayotiga ğayriqonuniy aralaşuvlardan himoyalaniş huquqiga ega.
Bola qonunga asoslanmagan holda uşlab turilişi, hibsga olinişi, qamoqqa olinişi mumkin emas.
Davlat bolaning şaxsi, uy-joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilişini ta’minlaydi hamda bolani ekspluatatsiya va zöravonlikning barça şakllaridan, şu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zöravonlikdan, qiynoqlarga solişdan yoki şafqatsiz, qöpol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvçi boşqa şakldagi muomaladan, şahvoniy şilqimliklardan, huquqbuzarliklar va ğayriijtimoiy harakatlar sodir etişga jalb etilişidan himoya qilinişini amalga oşiradi.
Davlat:
bolaga nisbatan ekspluatatsiya va zöravonlikning barça şakllarining oldini oliş, şuningdek ularning sodir etilişiga imkon bergan sabablar va şart-şaroitlarni aniqlaş hamda bartaraf etiş;
ekspluatatsiya va zöravonlikka duçor bölgan bolalarga zarur pedagogik, psixologik, tibbiy, yuridik yordam körsatiş böyiça çoralar köradi.
Qöllanilgan jazo çorasidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib taşlanganligidan hamda öziga nisbatan amnistiya yoki afv etiş akti qöllanilganligidan qat’i nazar, qasddan odam öldirganlik, ön sakkiz yoşga tölmagan şaxsning nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan zörlik işlatib, jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondirganlik, ön sakkiz yoşga tölmagan şaxsni jinsiy aloqada böliş yoki jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondiriş bilan boğliq holda jinsiy aloqa qilişga majbur etganlik, ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik yoki jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondirganlik yoxud unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik, voyaga yetmagan şaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatiş, reklama qiliş, namoyiş qiliş maqsadida Özbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik, xuddi şuningdek uni tayyorlaganlik, tarqatganlik, reklama qilganlik, namoyiş etganlik yoxud voyaga yetmagan şaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijroçisi sifatida jalb etganlik, voyaga yetmagan şaxsni jalb etgan holda qöşmaçilik qilganlik, fohişaxonalar taşkil etganlik yoki saqlaganlik, terrorizm uçun ilgari hukm qilingan şaxslarning ta’lim, tarbiya, bolalar soğlomlaştiriş, sport va ijodiy taşkilotlarida işlaşi hamda bolalar bilan bevosita işlaşni nazarda tutuvçi faoliyat turlari bilan şuğullanişi taqiqlanadi.
Uşbu moddaning oltinçi qismida körsatilgan şaxslarning reyestrini şakllantiriş va yuritiş, şuningdek undan axborot oliş tartibi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
11-modda. Bolaning himoyaga bölgan huquqi kafolatlari
Har bir bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qiliş, davlat organlarining, fuqarolar özini özi boşqariş organlari va nodavlat notijorat taşkilotlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor şaxslarining ğayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga şikoyat qiliş huquqi kafolatlanadi.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş uning ota-onasi, ota-onasining örnini bosuvçi şaxslar, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidan amalga oşiriladi.
Voyaga yetgunça qonunga muvofiq töla muomalaga layoqatli deb e’tirof etilgan (emansipatsiya) bola öz huquqlarini, şu jumladan himoyaga bölgan huquqini mustaqil amalga oşirişga hamda majburiyatlarini mustaqil bajarişga haqlidir.
Bola ota-ona va ota-onaning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan qilinadigan suiiste’molliklardan himoyalaniş huquqiga ega.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganda, şu jumladan ota-ona (ulardan biri) yoki ota-onaning örnini bosuvçi şaxslar bolaga ta’minot, tarbiya va ta’lim beriş böyiça majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganda bola öz huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinişini sörab vasiylik va homiylik organiga, şuningdek boşqa davlat organlariga mustaqil ravişda murojaat qilişga haqli. Bunday murojaatlarni bola töliq muomala layoqatiga ega bölmaganligi sababli körib çiqmasdan qoldirişga yöl qöyilmaydi.
Bolaning hayoti yoki soğliğiga xavf tuğilganidan, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bölgan şaxslar bu haqda bola haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilişlari şart. Şunday ma’lumotlar olingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi bolaning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça zarur çoralar körişi şart.
111-modda. Jinoyat protsessining iştirokçisi bölgan bola huquqlarini himoya qiliş kafolatlari
Davlat sudga qadar iş yuritişning va sud muhokamasining barça bosqiçlarida bolalarning qonunçilikda belgilangan barça protsessual huquqlariga rioya etilişi hamda bu huquqlar kafolatlarining ta’minlanişi böyiça çoralar köradi.
Bolaga har qanday ruhiy yoki jismoniy ta’sir ötkaziş, uni körsatmalar berişga yoki aybini tan olişga majburlaş taqiqlanadi.
Sudga qadar iş yuritiş va sud muhokamasi jarayonida bolalarga nisbatan ular qonuniy vakillarining iştirokisiz amalga oşiriladigan protsessual harakatlarni bajariş taqiqlanadi. Qonunçilikda nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmagan şaxsga nisbatan protsessual harakatlar uning katta yoşdagi yaqin qarindoşi, pedagog yoki uşbu şaxsning boşqa qonuniy vakili iştirokida amalga oşirilişi mumkin.
Voyaga yetmagan şaxsning jinoyatlari töğrisidagi işlar böyiça sudga qadar iş yuritişning va sud muhokamasining barça bosqiçlarida himoyaçining iştirok etişi şart. Bolaning va uning qonuniy vakillarining himoyaçidan voz keçişi haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Qonunçilikda jinoyat protsessining iştirokçilari bölgan bolalar uçun boşqa kafolatlar ham nazarda tutilişi mumkin.
12-modda. Bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş
Davlat bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni qöllab-quvvatlaşni kafolatlaydi, şuningdek qonunçilikda belgilangan tartibda ularga ijtimoiy yordam körsatilişini ta’minlaydi.
13-modda. Bolaning oilaviy muhitga bölgan huquqi kafolatlari
Har bir bola oilada yaşaş va tarbiyalaniş, öz ota-onasini biliş, ular bilan birga yaşaş va ularning ğamxörligidan foydalaniş huquqiga ega, uning manfaatlariga zid bölgan hollar bundan mustasno.
Bolaning ota-onasi bölmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda hamda bola ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan boşqa hollarda uning oilada yaşaş hamda tarbiyalaniş huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.
Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boşqa qarindoşlari bilan körişiş huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralişi, nikohning haqiqiy emas deb topilişi yoki ota va onaning boşqa-boşqa yaşaşi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.
Ota va ona turli davlatlarda yaşagan taqdirda ham bola ular bilan körişiş huquqiga ega.
Ekstremal vaziyatlarga (uşlab turiş, hibsga oliş, qamoqqa oliş, davolaş muassasasida böliş va boşqa hollarda) tuşib qolgan bola öz ota-onasi va boşqa qarindoşlari bilan qonunçilikda belgilangan tartibda körişiş huquqiga ega.
14-modda. Bolaning ğayriqonuniy köçirilişdan himoyalaniş huquqi kafolatlari
Har bir bola ğayriqonuniy köçirilişdan va çet eldan qaytarilmaslikdan himoyalaniş huquqiga ega.
Bolaning çet elga safarlari faqat ota va onaning yoki ota-onaning örnini bosuvçi şaxslarning roziligi bilan qonunçilikka muvofiq amalga oşirilişi mumkin. Uşbu masala böyiça ota va ona yoki ota-onaning örnini bosuvçi şaxslar örtasidagi har qanday kelişmovçilik sud tomonidan hal qilinadi.
Ota-ona yoki ota-onaning örnini bosuvçi şaxslar bolaning yöqolganligi haqida tegişli organlarga darhol xabar berişlari şart.
Ota-ona yoki ota-onaning örnini bosuvçi şaxslar hamrohligida bölmagan bolalar ularning yoniga kafolatli qaytariliş huquqiga ega.
Bolani ota yoki ona yoxud ularning örnini bosuvçi şaxs tomonidan çet davlat hududida nazoratsiz qoldiriş, ya’ni ota-onaning, ular örnini bosuvçi şaxsning bolaga ta’minot, tarbiya va ta’lim beriş böyiça öz majburiyatlarini bajarişdan böyin tovlaşi yoxud hamrohlik qiluvçi şaxsning öz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, şu jumladan bolani öz ota-onasiga yoki yaqin qarindoşlariga yoxud Özbekiston Respublikasi hududida taqiqlanmagan va tegişli davlatning qonunçiligiga binoan zarur vakolatlarga ega bölgan taşkilotga topşirmasdan qoldiriş qonunçilikka muvofiq javobgarlikka sabab böladi.
Özbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari çet elda qonuniy vakillari hamrohligisiz turgan bolalarning — Özbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi va ularning qaytarilişi böyiça çoralar köradi. Ota-onasi bedarak yöqolgan deb topilgan yoki ular vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi ana şu bolalarni oilaga, bunday imkoniyat bölmaganda esa yetim bolalar yoki ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar uçun tayinlangan muassasalarga joylaştiriş çoralarini köradi.
Qonuniy vakillari hamrohligisiz çet elda turgan bolalarni qaytariş masalalari Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalari asosida hal qilinadi.
Özbekiston Respublikasining qonunçiligi va xalqaro şartnomalariga muvofiq davlat ijro etiş maqsadlari, şakllari va usullaridan qat’i nazar, bolalarni ğayriqonuniy köçirişning oldini oliş, şuningdek ularni doimiy yaşaydigan mamlakatiga qaytariş çoralarini köradi.
15-modda. Bolaning öz fikrini ifoda etiş huquqi kafolatlari
Oilada har qanday masala hal qilinayotganda bola öz fikrini ifoda etişga, şuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama jarayonida sözlaşga haqlidir. Bunda qaror qabul qilişga vakolatli bölgan organlar va mansabdor şaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilişda bolaning fikrini, uning yoşidan qat’i nazar, körib çiqişi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib çiqqan holda qarorlar qabul qilişi kerak.
16-modda. Bolaning axborot oliş huquqi kafolatlari
Har bir bola özining soğliği, axloqiy va ma’naviy kamol topişiga ziyon yetkazmaydigan axborotni oliş huquqiga ega.
Har bir bola har qanday axborotni izlaş, oliş va tarqatiş huquqiga ega, qonunda nazarda tutilgan çeklaşlar bundan mustasno.
Pornografiya, şafqatsizlik va zöravonlikni namoyiş etuvçi, inson qadr-qimmatini tahqirlovçi, bolalarga zararli ta’sir körsatuvçi va huquqbuzarliklar sodir etilişiga sabab böluvçi ommaviy axborot vositalaridan foydalaniş, adabiyotlarni tarqatiş hamda filmlarni namoyiş etiş taqiqlanadi.
17-modda. Bolaning fikrlaş, söz, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqi kafolatlari
Bola fikrlaş, söz, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.
Bolaning fikr yuritiş va uni ifodalaş erkinligi qonunda belgilangan tartibda çeklanişi mumkin.
18-modda. Bolaning xususiy mulkka bölgan huquqi kafolatlari
Bola qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk huquqiga ega bölişi mumkin.
Bolaning şaxsiy foydalanişida bölgan, bola tomonidan hadya, meros tariqasida olingan, şaxsiy mehnati evaziga yoki boşqa qonuniy usulda olingan buyumlar, mol-mulk uning xususiy mulkidir.
19-modda. Bolaning turar joyga bölgan huquqlari kafolatlari
Har bir bola turar joyli böliş huquqiga ega. Mazkur huquq qonunçilikda belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
Turar joy mulkdorining yoki turar joyni ijaraga oluvçining oila a’zolari bölgan bolalar ular qayerda bölişlaridan qat’i nazar, turar joy mulkdori yoki turar joyni ijaraga oluvçisi egallab turgan turar joyga nisbatan huquqqa ega böladi.
Tarbiya, davolaş muassasalari va boşqa muassasalarda, qarindoşlari, vasiylari yoki homiylari qaramoğida bölgan yetim bolalar, ota-onasining qaramoğidan mahrum bölgan bolalar turar joyga bölgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalaniş huquqini saqlab qoladi.
Vasiylik yoki homiylik belgilangan bolaning mulkida yoki foydalanişida bölgan turar joyni özga şaxsga ötkaziş uçun vasiylik yoki homiylik organining roziligi talab qilinadi.
20-modda. Bolaning mehnat qiliş huquqi kafolatlari
Har bir bola özining yoşi, soğliğining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunçilikda belgilangan tartibda mehnat qiliş, faoliyat turini va kasbni erkin tanlaş, adolatli mehnat şaroitlarida işlaş huquqiga ega.
Işga qabul qilişga ön olti yoşdan yöl qöyiladi.
Bolalarni mehnatga tayyorlaş uçun umumta’lim maktablari, örta maxsus, kasb-hunar öquv yurtlarining öquvçilarini ularning soğliğiga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topişiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim oliş jarayonini buzmaydigan yengil işni öqişdan böş vaqtida bajarişi uçun — ular ön beş yoşga tölganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining örnini bosuvçi şaxslardan birining yozma roziligi bilan işga qabul qilişga yöl qöyiladi.
borişi uçun zarur şaroitlarni yaratib beriş va qonunçilikda nazarda tutilgan boşqa çoralarni köriş orqali bolaning mehnat qiliş huquqi ta’minlanişini kafolatlaydi.
21-modda. Bolaning dam oliş va böş vaqtga bölgan huquqi kafolatlari
Har bir bola özining yoşi, soğliği hamda ehtiyojlariga mos keladigan dam oliş va böş vaqtga bölgan huquqqa ega.
Ota-ona yoki ota-onaning örnini bosuvçi şaxslar öz qobiliyatlari hamda imkoniyatlariga muvofiq bolaning har tomonlama kamol topişi va farovonligi uçun zarur turmuş şaroitini ta’minlaydi.
Bolalar soğlomlaştiriş, sport, ijodiy taşkilotlari hamda dam olişni va böş vaqtni uyuştiruvçi boşqa taşkilotlar qonunçilikka muvofiq davlat organlari tomonidan ta’sis etiladi va qöllab-quvvatlanadi.
22-modda. Bolaning soğliğini saqlaş huquqi kafolatlari
Har bir bola soğliğini saqlaş huquqiga ega.
Davlat soğlom bola tuğilişini ta’minlaş uçun onaga uning soğliğini saqlaş şaroitlarini yaratadi.
Davlat bolalarga qonunçilikka muvofiq hajmda bepul tibbiy yordamni kafolatlaydi.
Bolaning soğliğini saqlaş huquqi davlat tomonidan quyidagi yöllar bilan ta’minlanadi:
malakali tibbiy xizmat körsatilişini taşkil qiliş;
bolaning, uning ota-onasining salomatligini nazorat qiliş va bolalar kasalliklari profilaktikasi;
bolalar va ösmirlarni davolaş-profilaktika muassasalarida dispanser kuzatuvini olib boriş hamda davolaş;
talab darajasidagi sifatga ega bölgan oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarilişi va sotilişini nazorat qiliş;
bolaning fiziologik xususiyatlari va soğliği holatiga javob beradigan ta’lim oliş hamda mehnat qiliş şaroitlarini yaratiş;
kasbga yaroqlilikni aniqlaşda Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablağlari hisobidan bepul tibbiy maslahat beriş;
sanitariya-gigiyena ta’limi beriş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş va rağbatlantiriş;
soğliğining holati töğrisida bola uçun qulay bölgan tarzda zarur axborotni taqdim etiş.
Ön tört yoşdan katta yoşdagi bola ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralaşuvga ixtiyoriy ravişda rozilik beriş yoki uni rad etiş huquqiga ega.
Bola bilan uning hayotiga, soğliği va normal rivojlanişiga ziyon yetkazuvçi har qanday ilmiy tajriba yoki boşqa eksperimentlar ötkaziş taqiqlanadi.
Davlat maxsus çeklovlarni joriy etiş va maxsus profilaktika dasturlarini amalga oşiriş orqali bolani alkogolga moyillikdan, çekişdan, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalar va intellektual-irodaviy faoliyatga ta’sir körsatadigan boşqa moddalarni iste’mol qilişdan himoya qiliş böyiça zarur çoralarni köradi.
23-modda. Bolaning bilim oliş huquqi kafolatlari
Har bir bola bilim oliş huquqiga ega.
Davlat bolaning bepul majburiy umumiy örta ta’lim va örta maxsus ta’lim olişini kafolatlaydi.